Qoraqalpog'iston teleradiokanalining bir guruh jurnalistlari ishtirokida press-tur bo'lib o'tdi

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan Qoraqalpog'iston teleradiokanali jurnalist va muhbirlari ishtirokida mahalla "yettiligi", xususan, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Press-turda telekanal tahririyatining katta muharriri To'liboy Pirimbetov, bo'lim boshlig'i Baynazar Davletnazarov, katta muharriri Zamira Mambetaliyeva, radiokanal katta muharirri Muzaffar To'reyev, teleoperatori Ziynaddin Allanazarovlar ishtirok etdilar.

Press-tur mobaynida jurnalistlar Choyko'l OFYda Sayxunobod tajribasi asosida tashkil etilgan aholi tomorqalarida hamda Gulzor OFYda o'zini o'zi band qilib, hunarmandlik bilan shug'ullanayotgan xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Press-tur mobaynida jurnalistlar hokim yordamchilariga faoliyatlariga oid qator savollar bilan murojaat qildilar va tegishlicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar. OAV vakillari butun kun mobaynida davom etgan press-tur orqali Choyko'l OFY hokim yordamchisi Rustam Rahimov hamda Gulzor MFY hokim yordamchisi Akbarjon Rajabovlarning hududlarda amalga oshirilayotgan samarali ishlari natijasida tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanayotganining, aholi turmush tarzi tobora yaxshilanayotganining guvohi bo'ldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.