Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida ko’plab davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish maqsadida 2021-yilning 24-iyul sanasida “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolangan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash haqida”gi 627-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat asosida 2024-yil 1-iyuldan boshlab xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va ma’lumotnomalar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan tartib joriy qilindi. Ushbu hujjatlar davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasida muhim dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda.
B.Qadamov, Amudaryo tumani Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.